» » AQSh Suriyada qo‘shinlarini qoldirishni rejalashtirmoqda

AQSh Suriyada qo‘shinlarini qoldirishni rejalashtirmoqda


Vashington IShID ustidan g‘alaba qozonilgandan keyin ham Suriyada o‘z qo‘shinlarini qoldirish va mamlakat shimolida yangi hukumatni ta’sis etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Washington Post nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Gazetaning Amerika hukumatidagi anonim manbalari ma’lum qilishicha, AQSh qo‘shinlarining qo‘qqisdan Suriyadan olib chiqib ketilishi prezident Bashar Asadga Suriya hududini egallab olishni yakunlashga yordam berishi va uning “siyosiy omonligini” kafolatlashi mumkin.

Bunday natija Suriyaning yaqin ittifoqchisi Eron uchun g‘alabaga aylanadi. AQSh buning oldini olish uchun Suriya shimolida harbiylarni saqlab qolish va u yerda Asad hukumatiga bog‘liq bo‘lmagan yangi mahalliy hukumatni ta’sis etishni rejalashtirmoqda.

Amerika hukumati vakillarining ma’lum qilishicha, mamlakat qo‘shinlarining Suriya shimolida muntazam hozirligidan Suriya demokratik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ham foydalanishga umid qilinmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют