» » The Washington Post: AQSh o‘z harbiylarini Suriyadan olib chiqish niyatida emas

The Washington Post: AQSh o‘z harbiylarini Suriyadan olib chiqish niyatida emas


Donald Tramp ma’muriyati AQShning Suriyaga nisbatan vazifalarini kengaytirdi va endilikda ular nafaqat IShID jangarilari yakson etilgunigacha, balki ushbu mamlakatda siyosiy vaziyat yaxshilanguniga qadar qoladi. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Bashar Asad qo‘shini eronlik va rossiyalik ittifoqdoshlari bilan IShID jangarilarini batamom yo‘q qilmoqda, IShIDning yakson etilishi AQShda Suriyada qolish uchun boshqa bahoda qolmasligini bildiradi.

AQSh Suriyaning shimolida joylashgan harbiy kontingentidan kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari”ni (SDK) qo‘llab-quvvatlashda foydalanishni rejalashtirmoqda. Gap Amerika harbiylari SDK harbiylariga mashg‘ulot o‘tgan va ularga jangarilarga qarshi kurashishda yordam bergan zona haqida ketmoqda. AQSh ushbu hududlarda Damashqqa bo‘ysunmaydigan, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi mahalliy hukumat yaratishni ko‘zlagan. Shu orqali ular Asadga ta’sir ko‘rsatib, noyabr oxirida Jenevada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda uning chekinishiga erishish niyatida.

Amerikalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘zlarining Suriyadagi harbiy mavqeini saqlab qolish juda muhim, chunki IShIDga qarshi urush hali tugamagan. O‘tgan hafta oxirida Pentagon rahbari Jeyms Mettis AQSh Asad va muxolifat o‘rtasidagi siyosiy kelishuvga erishilmagunicha Suriyadan chiqmasligini ma’lum qilgandi.

AQSh qurolli kuchlarining Suriyadan tezda chiqib ketishi Asadga butun mamlakatni nazorat olish imkonini beradi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют