» » O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 60 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 60 dan ortiq hujjat imzolandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.

Bundan tashqari, quyidagi hujjatlar imzolandi:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini boshqarish vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi;

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirliklari o‘rtasida O‘zbekistonda Milliy elektron savdo platformasini joriy qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi;

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo memorandum;

ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi bilan Koreya Strategiya va moliya vazirligi o‘rtasida bilimlar almashinuvi dasturi bo‘yicha anglashuv memorandumi;

2018–2020-yillarda iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha hukumatlararo hadli kelishuv;

O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi bilan Koreya eksport-import banki o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv.

Jami 60 dan ortiq muhim hujjat imzolandi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 14) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют