» » Lamborghini kompaniyasi Urus yo‘ltanlamasining tashqi ko‘rinishini namoyish etdi (video)

Lamborghini kompaniyasi Urus yo‘ltanlamasining tashqi ko‘rinishini namoyish etdi (video)


Lamborghini kompaniyasi Urus yo‘ltanlamasiga bag‘ishlangan navbatdagi rolikni e’lon qildi. Video avtomobilning Corsa (poyga) tizimida ishlashi va modelning interyeri namoyish etilgan, deb xabar berdi “Motor”.

Shuningdek, rolikda Bang & Olufsen audiotizimining dinamikasi, uzatmalar qutisi hamda yangi Audi A8 flagmanidagi konsolning arxitekturasiga o‘xshash markaziy konsolni ko‘rish mumkin.

Urus’da elektronikani boshqaruvchi oltita ish rejimi mavjud: Strada (shosse), Sport (sport), Corsa (poyga), Sabbia (qum), Terra (tuproq) va Neve (qor). Jumladan, oxirgi uchtasi Lamborghini avtomobillarida ilgari bo‘lmagan.

Hozircha Lamborghini Urus’ning texnik tavsifi haqida batafsil ma’lumotlar mavjud emas. Yo‘ltanlamasga 650 ot kuchiga ega, sig‘imi 4 litrga teng sakkiz silindrli biturbo dvigatel o‘rnatilishi kutilmoqda.

Lamborghini Urus’ning premyerasi 4-dekabr kuni Sant-Agata-Bolonyezedagi (Italiya) maxsus tadbirda bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют