» » O‘zbekiston Oliy sudida kodekslar loyihasi muhokama qilindi

O‘zbekiston Oliy sudida kodekslar loyihasi muhokama qilindi


O‘zbekiston Oliy sudida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks loyihasi, Iqtisodiy protsessual kodeksi loyihasi hamda yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Ma’muriy sudlar O‘zbekiston Respublikasi yagona sud tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan tamoyillarga asoslangan. Shu sababli barcha protsessual kodekslardagi umumiy qoidalar, barcha sud instansiyalaridagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi, sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar o‘xshash bo‘lib, faqat har bir sudning vazifalari xususiyatlaridan kelib chiqib farqlanadi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi loyihasi ham keng muhokama qilindi.

2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkam himoya qilish, odil sudlov erkinligini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini ko‘tarish sud-huquq sohasidagi islohotlarning muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston Fuqarolik protsessual kodeksini yangi tahrirda qabul qilishni taqozo etadi.

Yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksi loyihasida amaldagi normalar zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilgan, mavjud huquqiy bo‘shliqlar to‘ldirilgan.

Tadbirda kodekslar loyihalari yuzasidan mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют