» » Foto: Jeki Channing uch palubali superyaxtasi

Foto: Jeki Channing uch palubali superyaxtasi


Gonkonglik aktyor va rejissor Jeki Chan yangi superyaxta sotib oldi, deb xabar berdi Daily Mail.

38 metrli suv kemasini Xitoyning Ruiying Yachts kemasozlik tashkiloti qurgan. Yaxtada sauna, karaoke-salon, jakuzi hamda vertolyot qo‘nishi uchun mo‘ljallangan maydoncha mavjud. Yaxtaning ichki tuzilishi haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmadi; faqatgina yaxta sohibining kayutasi, kambuz (oshxona) va dam olish kayutasining suratlari e’lon qilindi. Yaxtaga har biri 1900 ot kuchiga ega ikkita CAT C32 dvigateli o‘rnatilgan; maksimal tezligi — 32 uzel (soatiga 59 kilometr).

Kemani uning egasiga topshirish marosimi Xuludao shahrida (Lyaonin provinsiyasi) bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Jeki Chan yana bitta yaxta buyurtma qilishni rejalashtirayotganini, bu safar uning uzunligi 46 metr bo‘lishini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют