» » Sudan prezidenti Suriyada ro‘y berayotgan voqealar uchun javobgarlikni AQSh zimmasiga yukladi

Sudan prezidenti Suriyada ro‘y berayotgan voqealar uchun javobgarlikni AQSh zimmasiga yukladi


Suriyada ro‘y berayotgan voqealar AQSh aralashuvi oqibatidir. Bu haqda Sudan prezidenti Umar al-Bashir Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz Suriyada ro‘y berayotgan holatlarga, jumladan, AQSh aralashuvi ham sabab bo‘lmoqda deb hisoblaymiz. Oqibatda Suriyada shunday vaziyat yuzaga keldi. Mamlakatda Bashar Asadsiz tinchlikka erishib bo‘lmaydi, degan fikrdamiz. Agar Rossiya Suriyadagi vaziyatga aralashmaganda, mamlakatni yo‘qotilgan deb hisoblash mumkin bo‘lardi”, — dedi Sudan prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Umar al-Bashir insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun Xalqaro jinoiy sud tomonidan qidiruvga berilgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют