» » Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi: Mamlakatda IShID asosan “O‘zbekiston islom harakati” vakillaridan iborat

Afg‘oniston prezidenti maslahatchisi: Mamlakatda IShID asosan “O‘zbekiston islom harakati” vakillaridan iborat


Afg‘onistondagi IShID jangarilarining soni 3–4 ming kishidan iborat. Bu haqda mamlakat prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Atmar ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz ularning sonini taxminan 3–4 ming kishi atrofida baholaymiz. Ular birinchi galda Pokistondan kelgan yollanma jangarilar va jinoyatchilar, oralarida afg‘onlar ham bor. Biroq Afg‘onistonda IShID asosan guruhga sadoqatini bildirgan ‘O‘zbekiston islom harakati’ vakillaridan iborat”, — dedi prezident maslahatchisi.

Muhammad Atmarga ko‘ra, Afg‘onistondagi xorijiy jangarilarning umumiy soni o‘n ming kishi atrofida.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют