» » IIV markaziy apparatining 64 xodimiga xizmat turar joylari topshirildi

IIV markaziy apparatining 64 xodimiga xizmat turar joylari topshirildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining 64 xodimiga Toshkent shahrining Yashnobod tumanida xizmat turar joylari tantanali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan ichki ishlar organlarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar qurish, shaharlarda esa ko‘p xonadonli uylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari doirasida uy sotib olish uchun tijorat banklarining uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.

“Mana shunday ajoyib, shinam, barcha sharoit mujassam bo‘lgan uy berilgani oilamizga haqiqiy tuhfa bo‘ldi. Yashash joyimiz Toshkent viloyatining Chinoz tumanida bo‘lganligi bois ishga kelib-ketishda biroz qiyinchiliklar bo‘lar edi. Bizga ko‘rsatilgan e’tibor mushkulimizni oson qilibgina qolmay, oilamiz tinch-xotirjamligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda”, — deydi Ichki ishlar vazirligi axborot markazi bo‘lim boshlig‘i Ravshanjon Ahmadjonov.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют