» » Rossiyaning Irkutsk viloyatida ayiq ovchining 2 ta miltig‘ini o‘g‘irlab ketdi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida ayiq ovchining 2 ta miltig‘ini o‘g‘irlab ketdi


Rossiyaning Irkutsk viloyati politsiyasi taygadagi Ust-Ilimsk tumanida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. 57 yoshli ovchining so‘zlariga ko‘ra, ayiq ovchilarning qishki uyidan “Vepr” va “IJ” miltiqlarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Ovchining aytishicha, u 16-noyabr kuni eng yaqin qishloqdan o‘nlab kilometr uzoqlikdagi o‘rmonda aylanib yurgan vaqtda ovchilar uyida to‘xtashga qaror qilgan. Narsalarni boshpanada qoldirgan ovchi suv olib kelish uchun ketgan. Ortiga qaytib kelganida esa shubhali ovozni eshitgan va uyda ayiqning sharpasini ko‘rgan. Yovvoyi hayvonga duch kelmaslik uchun erkak bir necha soat davomida o‘rmonda yashiringan. Boshpanaga qaytib kelganida esa miltiqlar solingan xalta yo‘q bo‘lgan.

Bir necha kun davomida ovchi miltiqlarni mustaqil ravishda izlagan, biroq bundan natija chiqmagan. Taygadan qaytgach, u politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib borib, uyni va uning atrofidagi hududlarni o‘rgangan. O‘rganish davomida ayiqning bu joyga kelgani tasdiqlangan, ammo kuchli qor bo‘roni yuz bergani sababli uning izlari yo‘qolgan.

Endi ovchiga nisbatan qurolni saqlash qoidalarini buzib, uning yo‘qolishiga sabab bo‘lgani uchun ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Erkak jarimaga tortilishi yoki bir yilgacha qurol sotib olish, saqlash va olib yurish huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют