» » Fransiyada tanasining 95 foizi kuygan erkakka egizak akasining terisi ko‘chirib o‘tkazildi

Fransiyada tanasining 95 foizi kuygan erkakka egizak akasining terisi ko‘chirib o‘tkazildi


Fransiyada shifokorlar tanasining 95 foizi kuygan bemorga egizak akasining terisini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazib, uning umrini saqlab qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bunday operatsiya dunyoda birinchi marta o‘tkazilgan. Operatsiya Parijdagi San-Lui kasalxonasida, bir necha bosqichda bo‘lib o‘tgan. Plastik jarroh Moris Mimunning so‘zlariga ko‘ra, terining 95 foizi ko‘chirib o‘tkazilgan.

Bemor 2016-yilning sentabr oyida ish vaqtida kuyib qolgan, uning akasi esa darhol donor bo‘lishga rozilik bergan. Shifokorlar dastlab bir nechta tayyorgarlik operatsiyasini o‘tkazgan, keyin esa uch bosqichda teri ko‘chirib o‘tkazilgan. Umumiy hisobda donor o‘z tanasidan 50 foiz terisini bergan. Aka-uka gomozigot egizaklar bo‘lgani uchun bir xil DNKga ega bo‘lgan. ko‘chirilgan terining bitmaslik holati kuzatilmagan.

Ayni vaqtda 33 yoshli bemor kasalxonadan uyga qaytgan. U reabilitatsiya kursini o‘tamoqda va mustaqil harakatlana oladi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют