» » Balida Agung vulqoni uyg‘ondi (foto va video)

Balida Agung vulqoni uyg‘ondi (foto va video)


Balining eng baland nuqtasi — Agung vulqonining uyg‘onishi avgustda qayd etildi, 120 mingga yaqin kishi o‘tmishdagi fojiaviy voqealar takrorlanishidan xavfsirab, o‘z boshpanalarini tark etdi, deb yozadi National Geographic.

Ming yillik tarixga ega 3142 metrli vulqon bor-yo‘g‘i to‘rt marta otilgan, ammo bu har safar halokatga aylanib ketardi. 1963—1964-yillardagi so‘nggi vulqon otilishi 1100 dan ortiq odamni hayotdan olib ketdi, yuzlab odamlar jarohatlandi, o‘n minglab kishilar boshpanasiz qoldi.

2017-yilning oktabriga kelib, vulqon faolligi pasaya boshladi va hukumat xavf darajasini tushirdi. Ammo 21-noyabr kuni vulqon og‘zidan 700 metrli tutun ko‘tarildi; yaqin oradagi beshta aholi punktidagi ko‘chalar va uylar vulqon kuli ostida qoldi.

1963-yilda vulqon 10 km balandlikka kul otib chiqarib, bir yilga yaqin vaqt faol bo‘lib qolgan edi. Ayni paytda vulqonshunoslar Agungning faolligi darajasini 3 (maksimal daraja — 4)ga baholamoqda. Odamlarga vulqondan 6 km radiusdagi hududlardan uzoq yurish tavsiya etilmoqda.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют