» » Yapon dengizida rossiyalik dengizchilarni olib ketayotgan kema yonib ketdi

Yapon dengizida rossiyalik dengizchilarni olib ketayotgan kema yonib ketdi


24-noyabr, juma kuni Togo bayrog‘i ostida Yaponiyaning Toyama portidan Vladivostokka ketayotgan, ichida Rossiya ekipaji bo‘lgan “Iman” kemasida yong‘in yuz berdi, deb yozadi “TASS”.

Avtotexnikani olib ketayotgan kema ekipaji 21 kishidan iborat bo‘lib, ularning barchasi Rossiya fuqarolaridir. Ayni paytda yong‘in ekipaj kuchi bilan o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q, ekipaj xavf ostida emas.

Alanga kemaning mashinalar bo‘lmasida yuzaga kelgan va o‘t o‘chirish tizimlari yordamida bartaraf etilgan. Ammo kema mustaqil harakatlana olmaydi va Yapon dengizida Vladivostokdan 210 mil narida qolmoqda. Unga yordam berish uchun Vladivostokdan qutqaruv kemasi yo‘lga chiqqan. U hodisa joyiga 25-noyabr kuni yetib boradi va jabrlangan kemani shatakka olib, Vladivostokka qaytadi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют