» » “Daryo” o‘quvchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Bert van Marveykni munosib deb hisoblaydi

“Daryo” o‘quvchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Bert van Marveykni munosib deb hisoblaydi


O‘FF mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodlar nomiga oydinlik kiritgach, “Daryo” o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, ko‘rsatilgan variantlardan qaysi biri munosibroq ekanini bilishga harakat qildi.

Unga ko‘ra, Saudiya Arabistoni termasini JCh—2018 sari yetaklab, keyin iste’foga chiqqan gollandiyalik mutaxassis Bert van Marveyk hammadan ko‘proq ovoz to‘pladi — 25 foiz. Ya’ni, so‘rovnomada ishtirok etgan o‘quvchilarning har 4 nafardan biri Marveykka ovoz bergan.

Mutaxassis 2010-yil Gollandiya terma jamoasini mundialning final o‘yinigacha yetaklab kelgani bilan ham nom qozongandi. O‘shanda niderlandiyalik futbolchilar hal qiluvchi o‘yinda Ispaniyadan yengilgan — 0:1.

So‘rovnomada Xorvatiya termasidagi faoliyati bilan tanilgan, yaqindagina “Vest Hem”dan iste’foga chiqqan Slaven Bilich 22 foiz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Ovoz berishga qo‘yish jarayonida murabbiylar alifboga qarab saralangandi. Shunga ko‘ra, Antonio Kontening yordamchisi bo‘lgan va u qadar tanilmagan Anjelo Alessio 15 foiz ovoz bilan uchinchi bo‘ldi. Bunda ovoz beruvchilardan ayrimlar ko‘r-ko‘rona birinchi variantni tanlaganmi yoki Alessioga ongli ravishda shuncha ovoz berilganmi, aniq emas.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют