» » Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni berildi

Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni berildi


O‘zbekiston Preizdenti Janubiy Koreya poytaxti meriyasiga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyevni Seul shahri meri Pak Von Sun kutib oldi, deb xabar berdi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining tilaklarini yozib qoldirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyani do‘stlik rishtalari, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkam bog‘lab turgani alohida ta’kidlandi.

Joriy yilning 3-iyul kuni Seul shahri meri Pak Von Sun Toshkentda Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi.

Bugungi uchrashuvda zamonaviy texnologiyalar asosida shaharni boshqarish, transport tizimi va uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish sohasida Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shaharsozlik, arxitektura va landshaft dizayni sohalarida o‘zaro faol hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvonini berishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari yanada mustahkamlanishida Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston rahbari ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida Toshkent shahrida Seul ko‘chasini tashkil qilish taklifini bildirdi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют