» » Sooronbay Jeenbekov rasman Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishdi

Sooronbay Jeenbekov rasman Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishdi


Sooronbay Jeenbekov rasman Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishdi, deb yozadi “TASS”.

Inauguratsiya “Ala-Archa” davlat qarorgohidagi “Enasoy” zalida bo‘lib o‘tdi. Jeenbekov Qirg‘iziston xalqiga sodiqlikka qasamyod qildi, Markaziy saylov komissiyasi raisidan guvohnoma va shtandart oldi. Oltin va kumushdan yasalgan ko‘krak belgisi individual hisoblanadi, unga prezidentning ism-sharifi o‘yib yozilgan.

O‘z inauguratsiya nutqida Jeenbekov xalqqa xizmat qilishga, fuqarolar hayotini yaxshilashga va davlatni mustahkamlashga va’da berdi. Shuningdek, u korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash olib borishini va “jamiyatni tozalash uchun sharoitlar” yaratishini aytdi.

Inauguratsiya marosimidan so‘ng yangi prezident Jeenbekov va sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyev parlamentga yo‘l oldi. U yerda faxriy qorovul rotasi saf tortdi, Qirg‘iziston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Qirg‘izistonning yangi prezidentiga bosh qo‘mondon sifatida raport berdi.

So‘ng ikki siyosatchi prezident ish kabinetiga ketdi, u yerda Atamboyev ishlarni Jeenbekovga topshirdi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют