» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi


21-noyabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida 2017-yil 5-sentabrda Bishkek shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan “Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shartnoma ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, sayyohlik va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.

Hujjatda mahalliy darajada o‘zaro aloqalarning muhim masalalarini o‘z vaqtida tartibga solish maqsadida ikki davlat mintaqalarining mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining har chorakdagi uchrashuvlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют