» » “Shox-shabbalar orasidan ilonni topish” jumbog‘i tarmoq foydalanuvchilarini mushkul ahvolga solib qo‘ydi

“Shox-shabbalar orasidan ilonni topish” jumbog‘i tarmoq foydalanuvchilarini mushkul ahvolga solib qo‘ydi


Tarmoq foydalanuvchilari Facebook’dagi Sunshine Coast Snake Catchers akkaunti tomonidan qoldirilgan postga e’tibor qaratdi. Postda obunachilardan suratdagi shox-shabbalar ichidan ilonni topishni so‘ralgan.

Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi ilonni topishga kirishib ketgan. Ular sudralib yuruvchi suratning qayerida joylashganini topish maqsadida post ostiga turli izohlarni qoldirgan. “Men uni topa olmayapman. Balki bu yaxshilikkadir”, — deb yozadi ulardan biri.

“Do‘stim, ilonni ko‘ra olmasam doim tashvishlanaman. Biroq har qanday vaziyatda ham bu yaxshi kamuflyaj”, — deydi boshqa bir tarmoq foydalanuvchisi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar ilonning o‘lchami juda kichik bo‘lganligi sabab uni shox-shabbalar orasidan topa olmagan. Shunga qaramay ayrimlar uni payqashga muvaffaq bo‘lgan. “Jin ursin. Men uni ko‘ryapman, biroq bu qanday ilon ekanligini tushuna olmayapman”, — deb yozadi ulardan biri.

Sunshine Coast Snake Catchers obunachilarining ba’zilari topishmoqni yechishni davom ettirib, suratdagi ilon — jigarrang sharq iloni ekanligini ta’kidlamoqda.

Oradan ikki kun o‘tgach, sahifa mualliflari suratda ilon aynan qayerda joylashgani tasvirlangan postni e’lon qildi. Uni quyidagi suratda ko‘rishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют