» » OAV: Argentina Harbiy-dengiz kuchlari “San Xuan” suvosti kemasining ekipaji halok bo‘lganini ma’lum qildi

OAV: Argentina Harbiy-dengiz kuchlari “San Xuan” suvosti kemasining ekipaji halok bo‘lganini ma’lum qildi


Argentina harbiy-dengiz kuchlari norasmiy ravishda Argentinaning “San Xuan” suvosti kemasi dengizchilaridan birining otasi — Luis Tagliapietroga kema ekipaji halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan. Bu haqda u mahalliy Red radiostansiyasiga bergan intervyusida so‘zladi, deb xabar berdi “TASS”.

Luisning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li Alexandro Damiana Tagliapietroning boshlig‘i u bilan bog‘lanib, o‘g‘li xizmat o‘tayotgan submarina bortida 15-noyabr kuni portlash sodir bo‘lgani va “omon qolganlar yo‘q”ligini ma’lum qilgan. “U suvosti kemasidagi barcha halok bo‘lganini tasdiqladi, chunki portlash sakkiz kun oldin 200—1000  metr chuqurlikkda sodir bo‘lgan. Bu kabi sharoitda hech kim omon qola olmaydi”, — deydi Tagliapierto.

Argentina harbiy-dengiz kuchlari ekipaj halok bo‘lganini rasman e’lon qilmadi.

Avvalroq, Argentina harbiy-dengiz kuchlarining 15-noyabr kuni g‘oyib bo‘lgan “San Xuan” suvosti kemasinining qidiruv ishlarida yetti mamlakat yordam ko‘rsatayotgani haqida xabar berilgandi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют