» » Xitoy 1-dekabrdan boshlab 187 turdagi iste’mol tovarlari uchun import bojlarini pasaytiradi

Xitoy 1-dekabrdan boshlab 187 turdagi iste’mol tovarlari uchun import bojlarini pasaytiradi


Xitoy 2017-yilning 1-dekabridan boshlab 187 turdagi iste’mol tovarlari uchun import bojlarini pasaytiradi. Bu haqda Xitoy Moliya vazirligiga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.

“Interfaks” nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, pasayish o‘rtachada 7,7—17,3 foizni tashkil etadi, bolalar oziq-ovqatining ayrim turlari boji esa bekor qilinadi. Moliya vazirligi ro‘yxatidan turli tovarlar o‘rin olgan — bolalar tagliklaridan tortib qahva mashinalari va chang‘i inventarlari qadar (mamlakatda analogi bo‘lmagan mahsulotlar). Ba’zi dorilarning import bojlari 6 foizdan 2 foizgacha, vermut (xushbo‘y vino) va shu turdagi alkogol mahsulotlarining boji esa 65 foizdan 14 foizgacha tushiriladi.

Vazirlik bojlarning pasaytirilishini iste’molchilar talabining o‘sishiga bog‘ladi. Bojlari pasaytiriladigan tovarlar qatoridan “talab yuqori va kundalik hayot bilan chambarchas bog‘liq” bo‘lgan sifatli import va tor sohadagi mahsulotlar o‘rin oldi. Idoradagilar, import bojlarining pasaytirilishi iste’molchilarning tanlovini yaxshilashiga xizmat qilishiga umid bog‘lagan.

Import bojlarining pasayishi 327 milliard dollarga teng bo‘lgan Xitoy—AQSh bilan savdo balansining profitsitini kamaytirish imkonini beradi.

Noyabr oyida mamlakat savdo vaziri Chjun Shan Xitoy hukumati Xitoy bozorini importga bo‘lgan talabni qo‘lab-quvvatlash uchun xorijiy ishlab chiqaruvchilarga ochish yo‘lida bir qator chora-tadbirlar tayyorlayotganini ma’lum qilgandi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют