» » Misrdagi masjidda portlash ro‘y berdi. OAV 50 qurbon haqida ma’lum qildi

Misrdagi masjidda portlash ro‘y berdi. OAV 50 qurbon haqida ma’lum qildi


Misrda, Sinay yarim orolining shimolida portlash ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Portlash al-Arish shahri yaqinidagi masjidda amalga oshirildi. Terrorchilar juma namozi chog‘ida hujum uyushtirdi.

“Masdar” portali xabariga ko‘ra, terakt oqibatida 50 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Shu bilan birga, mahalliy “al-Ahram” gazetasida yozilishicha, hujum qurbonlari yo‘q, lekin 70 kishi yaralangan.

Yaralanganlar shifoxonaga yetkazilmoqda.

Reuters’ga ko‘ra, portlash amalga oshirishdan tashqari, terrorchilar namozga to‘planganlarni o‘qqa tutgan.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют