» » KXDR o‘z harbiy xizmatchisi Janubiy Koreyaga qochib o‘tganidan so‘ng chegarachilarni almashtirdi

KXDR o‘z harbiy xizmatchisi Janubiy Koreyaga qochib o‘tganidan so‘ng chegarachilarni almashtirdi


KXDR o‘z harbiy xizmatchisi Janubiy Koreyaga qochib o‘tganidan so‘ng, Umumiy xavfsizlik zonasida xizmat o‘tayotgan barcha chegarachilarni almashtirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

ABC News’ning aniqlik kiritishicha, chegaraning ushbu qismida 35—40 nafarga yaqin shimoliy koreyalik harbiy xizmatchilar navbatchilikda turadi.

“Vaziyatdan kelib chiqib, mazkur bo‘linma qo‘mondonligi va katta ofitserlar jazolanishi mumkin”, — dedi Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi manbalari.

Agentlik suhbatdoshlarining qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreya tomoni o‘z harbiy xizmatchisi chegaradan qochib o‘tish vaqtida o‘tgan ko‘prikni ham yopib qo‘ygan.

Bundan tashqari, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR boshqa qochib o‘tish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Umumiy xavfsizlik zonasiga yuborilayotgan harbiy xizmatchilarni tekshirishni kuchaytirgan.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi va BMT qo‘mondonligi rasmiy vakillari chegarachilar almashtirilgani haqidagi xabarlarni hozircha tasdiqlay olmasligini ma’lum qilgan.

13-noyabr kuni shimoliy koreyalik harbiy xizmatchi Umumiy xavfsizlik zonasidagi chegara orqali qochib o‘tgan edi. 24 yoshli KXDR harbiysi qochib o‘tish vaqtida bir necha tan jarohati olgan, biroq omon qolgan.

BMT qo‘mondonligi vakillarining qayd etishicha, qochoqni to‘xtatishga uringan KXDR harbiy xizmatchilari sulh shartlarini buzgan, chunki ular Janubiy Koreya nazoratidagi hududga kirib kelgan, shuningdek, Umumiy xavfsizlik zonasida qurol ishlatgan.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют