» » Rossiyada “minalashtirilgan” obyektlardan salkam 2,5 million kishi evakuatsiya qilindi

Rossiyada “minalashtirilgan” obyektlardan salkam 2,5 million kishi evakuatsiya qilindi


Rossiyada 11-sentabrdan beri 3,4 mingdan ortiq obyekt “telefon terrorchilari” xurujiga duch keldi, ulardan salkam 2,5 million kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda kuch tizimlaridagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“11-sentabrdan 24-noyabrgacha Rossiyaning 187 shahrida 3,4 mingdan ortiq obyektni portlatish tahdidi haqida xabar olindi. 2,4 milliondan oshiq kishi evakuatsiya qilindi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

“Minalashtirilgan” obyektlar orasida maktablar, oliy o‘quv yurtlari, kinoteatrlar, teatrlar, savdo markazlari, vokzallar, aeroportlar va tungi klublar bor. Huquq-tartibot idoralari xodimlari har bir xabarni tekshiruvdan o‘tkazdi, ularning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi.

Опубликовано: admin (24-11-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют