» » Hindistonda fil uni suratga olmoqchi bo‘lgan erkakni bosib tashladi

Hindistonda fil uni suratga olmoqchi bo‘lgan erkakni bosib tashladi


Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida jahli chiqqan fil uni suratga olmoqchi bo‘lgan erkakni bosib tashladi. Erkak suratga olish uchun o‘z mashinasini yo‘lning chetida to‘xtatgan edi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Hodisa 23-noyabr kuni Jalpayguri shahri yaqinida yuz bergan. 40 yoshli bank xodimi Sodiq Rahmon ishga ketayotgan vaqtda yaqin joydan o‘tib ketayotgan filni suratga olish uchun mashinasini to‘xtatgan. Guvohlarning aytishicha, erkakni ko‘rgach, filning jahli chiqqan.

Ta’kidlanishicha, erkak hayvoning hujumidan qocha olmagan va hodisa joyida halok bo‘lgan.

O‘rmon xo‘jaligi xodimining aytishicha, bu joylardagi fillar unchalik yovvoyi emas, ular har kuni yo‘lni kesib o‘tadi. Haydovchilar esa fillarning yonidan o‘tib ketayotganda transport vositasidan tushmasligi kerak.

Xabar berilishicha, o‘tgan yilda G‘arbiy Bengaliyada fillar hujumi oqibatida 84 kishi halok bo‘lgan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют