» » Olimlar Quyosh tizimiga uchib kirgan asteroidga yetib olib, uni o‘rganishni taklif qildi

Olimlar Quyosh tizimiga uchib kirgan asteroidga yetib olib, uni o‘rganishni taklif qildi


Olimlar Quyosh tizimiga uchib kirgan Oumuamua asteroidiga yetib olib, uni o‘rganishni taklif qildi. Hisob-kitoblar asteroidning giperbolik tezligi soniyasiga 26 kilometr ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu tezlik insoniyat tomonidan yasalgan kosmik apparatlarning tezligidan anchagina yuqori hisoblanadi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.

Asteroidning tezligi hisobga olinadigan bo‘lsa, u 2018-yilning may oyida Quyoshdan Yupitergacha bo‘lgan masofada uzoqlashadi. “Ma’lumotlar olish bilan bog‘liq ilmiy qiziqish bilan birga, asteroidga yetib olishga urinish kosmos tadqiqotlarining joriy texnologik chegaralarini kengaytirishga imkon beradi”, — deb hisoblaydi tadqiqot mualliflari.

Murakkablikni hisobga olgan holda, Oumuamua asteroidiga ehtimoliy missiya uchta moslik hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Bular — parvoz vaqti va apparat tezligining mosligi, parvoz vaqti va apparatning uchish sanasi. Bunda asteroidga yetib olish maqsadida apparat uchun yuqori tezlikning tanlanishi boshqa bir murakkablikni keltirib chiqaradi: asteroidga yetib olgan zondda tezlikdagi katta farq sababli uni o‘rganish uchun vaqt kam bo‘ladi.

Apparatning uchirilish ehtimoli 2023—2027-yiilarda haqiqatga yaqin bo‘lishi mumkin. Bunda apparatning soniyasiga 33 dan 76 kilometgacha bo‘lgan tezligida missiya besh yildan 30 yilgacha vaqt oladi. Tadqiqot mualliflari jumboqli asteroidni o‘rganish missiyasini amalga oshirishda yangi texnologiyalar yordam berishiga ishonmoqda.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют