» » Tramp yana bir bor Time versiyasi bo‘yicha “yil odami” bo‘lishdan bosh tortdi

Tramp yana bir bor Time versiyasi bo‘yicha “yil odami” bo‘lishdan bosh tortdi


Donald Tramp Amerikaning Time jurnali unga yana bir bor “yil odami” bo‘lishni taklif qilganini, biroq AQSh prezident buni rad etganini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Time jurnali qo‘ng‘iroq qilib, meni huddi o‘tgan yilgidagi kabi “yil odami” deb e’lon qilishlari mumkinligi haqida ma’lum qildi, biroq u holda intervyu berishimga va katta suratga olish jarayonida qatnashishimga to‘g‘ri keladi. Men ushbu fikr u qadar yaxshi emasligini aytdim va ishtirok etishdan bosh tortdim. Shunday bo‘lsa ham rahmat”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Nashrning sayti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, o‘quvchilar versiyasi bo‘yicha 2017-yilda ushbu “unvon”ga ega bo‘lishga yo‘lida Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al-Saud yetakchilik qilmoqda.

O‘tgan yili Hillari Klinton va Mark Sukerbergni ortda qoldirib “yil odami”ga aylangan edi.

Time jurnalining versiyasi bo‘yicha “Yil odami” 1927-yildan buyon har yili aniqlanadi. 1950-yilga qadar “unvon”ga aniq shaxslar nomzod bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq unga mavhum personajlar ham ega bo‘la boshlagan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют