» » “SamAvto”da 30 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi

“SamAvto”da 30 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi


Samarqand avtomobil zavodida o‘ttiz minginchi avtomobil — SAZ HC45 markali avtobus ishlab chiqarildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan korxonada o‘tkazilgan tantanali marosimda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati, Yaponiyaning Isuzu Motors kompaniyasi va Itochu korporatsiyasi vakillari, zavod jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ayni paytda zavodda 5 turdagi zamonaviy avtobus, 7 turdagi yuk va maxsus atvomobillar hamda ular uchun 30 dan ortiq turdagi kuzovlar ishlab chiqarilmoqda. Samarqandlik avtomobilsozlar milliy mahsulot — LE60 past shasseli shahar avtobusini yaratish va uni keng ko‘lamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

2011-yildan boshlab zavodda siqilgan tabiiy gazda ishlovchi dvigatellar o‘rnatilgan avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Zavodning 30 minginchi avtomobili  — SAZ HC45 markali avtobus ham siqilgan tabiiy gazda harakatlanadi va u o‘zbek konstruktor-muhandislari tomonidan yaratilgan modeldir.

“Bundan ikki yil avval — 2015-yil fevral oyida zavodning 20 mingginchi avtomobili chiqarilishini birgalikda nishonlagan bo‘lsak, bugun hamkorligimiz mahsuli bo‘lgan 30 mingginchi avtomashinaga guvoh bo‘lib turibmiz. Kelgusida 50, 100 mingginchi avtomobillar chiqarilishini ham ana shunday tantana qilishni istaymiz”, — deydi Isuzu Motors kompaniyasi vakili Goda Kazuo.

Taqdimot marosimi doirasida mehmonlar zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi hamda yangi avtobuslarning test-drayv ko‘rigida qatnashdi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют