» » Batumidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Batumidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi


Batumi shahridagi Leogrand mehmonxonasida 24-noyabr, juma kuni kechasi sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Gruziya IIV ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Jarohat olganlar va zaharlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. “21 kishi Batumidagi bir nechta shifoxonaga yetkazilgan bo‘lib, ularning uch nafariga tibbiy xizmat ko‘rsatilib javob berib yuborildi, qolgan 18 kishi davolanishni davom ettirmoqda”, — deya xabar qiladi Batumi sog‘liqni saqlash tizimidagi manbalar. Ta’kidlanishicha, 18 kishining hayotiga hech nima xavf tug‘dirmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonaga yetkazilgan odamlar orasida bir nafar Isroil, besh nafar Turkiya hamda 12 nafar Gruziya fuqarosi bor.

Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili “Sharqiy hamkorlik” sammitini yakunlab, Bryusseldan voqea joyiga yetib kelgan.

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili yong‘inni “odamlarning halokatiga olib kelgan fojia” deb atab, halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, qutqaruv va yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlariga “o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib o‘zgalar jonini saqlab qolganligi” uchun minnatdorchilik izhor qildi.

Qutqaruvchilar va politsiya xodimlari mehmonxona binosidan 100 dan ortiq odamni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют