» » Janubiy Kurildagi mayoq qarovchisi ayiq hujumidan halok bo‘ldi

Janubiy Kurildagi mayoq qarovchisi ayiq hujumidan halok bo‘ldi


Janubiy Kurildagi mayoq qarovchisi ayiq hujumidan halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning Saxalin viloyati o‘rmon va ov xo‘jaligi vazirligi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“24-noyabr, juma kuni mayoq xodimining jasadi topildi. O‘sha atrofda ayiq ham aniqlandi va otib tashlandi. Qidiruv guruhi hali qaytgani yo‘q, barcha tafsilotlarni to‘liq bilmaymiz. Biroq erkak shu ayiq hujumidan halok bo‘lganini taxmin qilyapmiz”, — dedi vazirlik vakili.

Kunashir orolining Lovsov burnidagi mayoqning 52 yoshli qarovchisi 19-noyabrda yo‘qolgandi. U o‘sha kuni radionavigatsiya stansiyasidan mayoq tomon yo‘l olgan, biroq belgilangan vaqt aloqaga chiqmagan. Uning g‘oyib bo‘lgani haqida turmush o‘rtog‘i xabar berdi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют