» » Oq uy: Tramp va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Oq uy: Tramp va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali bog‘lanib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib “Gazeta.ru” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar terrorchilarga qarshi birgalikda kurashish borasida yangi kelishuvlarga erishgan.

“Ikki mamlakat rahbarlari Suriyadagi vaziyatga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashining 2254 rezolyutsiyasini amalga oshirish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini va BMT homiyligida bo‘lib o‘tadigan Jeneva jarayonida fuqarolar urushini tinch yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi”, — deb xabar beradi Oq uy matbuot xizmati.

Shuningdek, rahbarlar Turkiyaning AQSh harbiy texnikasini sotib olish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют