» » Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga pensiya to‘lanadi

Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga pensiya to‘lanadi


Rossiya Davlat dumasi mamlakat hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda tanlash va jalb etish bo‘yicha Rossiya—O‘zbekiston hukumatlararo kelishuvini ratifikatsiya qildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Mazkur kelishuv 5-aprel kuni Moskvada imzolangandi.

Hujjat Rossiyada ishlovchi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining asosiy huquqlarini belgilab beradi. Jumladan, ularning mehnat, dam olish va ijtimoiy sug‘urta huquqi (majburiy tibbiy sug‘urtadan tashqari), Rossiya qonunchiligiga binoan pensiya ta’minoti, shuningdek, mutasaddi organlardan mamlakatda bo‘lib turish shart-sharoitlari haqida ma’lumot olinishini ko‘zda tutadi.

Uning loyihasiga izohda kelishuv Rossiya Federatsiyasi tomonidan imzolangan xorijiy fuqarolarni mamlakat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan holda tanlash va jalb etish bo‘yicha ilk xalqaro hujjat ekanligi ta’kidlangan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют