» » Time jurnali vakili: Trampning “Yil odami” borasidagi so‘zlarida bir tomchi ham haqiqat yo‘q

Time jurnali vakili: Trampning “Yil odami” borasidagi so‘zlarida bir tomchi ham haqiqat yo‘q


Amerikaning Time jurnali AQSh prezidenti Donald Tramp nashr tahririyati uni yana bir bor “Yil odami” deb e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozib qoldirgan so‘zlarini inkor etdi, deb xabar berdi “TASS”.

Avvalroq, Tramp o‘zing Twitter’dagi sahifasiga Time jurnali vakillari unga qo‘ng‘iroq qilib, u yana bir bor ushbu “unvon”ga loyiq topilishi mumkinligini haqida xabar qilganini, biroq prezident taklifni rad etganini yozib qoldirgan edi.

“Prezident biz ‘Yil odami’ni qanday tanlashimiz borasida nohaq. Time 6-dekabr kuni so‘rovlar natijasi (g‘olibning ismi) e’lon qilinguniga qadar izoh bermaydi”, — deb yozadi Time o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasiga.

Jurnal rahbariyati vakili Alan Myurrey Trampning so‘zlarida “bir tomchi ham haqiqat yo‘qligini” bildirdi.

Time jurnali talqini bo‘yicha “Yil odami” 1927-yildan buyon har yili aniqlanadi. 1950-yilga qadar “unvon”ga aniq shaxslar nomzod bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq unga mavhum personajlar ham ega bo‘la boshlagan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют