» » AQShda odam savdosi bilan shug‘ullangan erkak 472 yilga ozodlikdan mahrum etildi

AQShda odam savdosi bilan shug‘ullangan erkak 472 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Denver shahri sudi ayollar va qizlarni o‘g‘irlab, ularni sotib yuborish bilan shug‘ullangan amerikalik erkakni 472 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda, Fox31 telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli Brok Frenklin bu turdagi jinoyat uchun AQSh tarixidagi eng uzoq qamoq jazosini olgan.

“400 yilga ozodlikdan mahrum etish — butun mamlakatga biz odamlarga nisbatan ishlatilayotgan zo‘ravonliklarga qarshi qanday chora ko‘rishimizni anglatuvchi signal”, — deydi shtat bosh prokuraturasi vakili Janet Dreyk.

Xabar berishlaricha, sud Frenklinni 30 ta modda bo‘yicha aybdor deb topgan.

Sudlanuvchi odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhga yetakchilik qilgan. Guruh a’zolari o‘z qurbonlarini Facebook’dagi muloqotlar orqali o‘ziga jalb qilib, ularni onlayn rejimida mijozlarga taqdim etgan.

Jinoiy guruhning yetti nafar a’zosi bo‘lgan, ularning to‘rt nafari aybdor deb topilgan va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda 21 million odam majburiy mehnatdan aziyat chekadi. Ularning 55 foizi (yoki 11,4 millioni)ni ayollar, 26 foizini esa bolalar tashkil etadi.

Odam savdosi deyarli barcha mamlakatlarda uchraydi. Yevropada bu savdodan jabrlanuvchilar soni salkam bir millionga, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa 11,7 millionga teng. Bu faoliyatdan keladigan yillik daromad 150 milliard dollardan ortiq.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют