» » Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sinayda 24-noyabr kuni yuz bergan terakt munosabati bilan Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misrning Sinay yarim orolida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab tinch aholi, xavfsizlik xodimlari qurbon bo‘lganligi munosabati bilan ushbu mamlakat prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga hamdardlik bildirdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni Sinay yarimoroli shimolidagi Bir al-Obid shahridagi jome’ masjidida “IShID” terrorchilik tashkilotiga aloqador jangarilar tomonidan terakt amalga oshirilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25—30 nafar atrofidagi terrorchi to‘rt yo‘ltanlamasda masjidga kelib, avvaliga portlash uyushtirgan, so‘ng masjid tashrifchilariga qarata o‘t ochgan.

Misr rasmiylariga ko‘ra, terrorchilik hujumida qatnashgan jangarilar yo‘q qilingan. Ularni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyada dronlardan foydalanilgan.

Terakt oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 305 kishi halok bo‘lgan. Hodisa munosabati bilan Misrda uch kunlik umummilliy motam e’lon qilingan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют