» » Messi “Barselona” bilan shartnomasini 2021-yil yozigacha uzaytirdi

Messi “Barselona” bilan shartnomasini 2021-yil yozigacha uzaytirdi


“Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbolchining “Barselona” bilan yangi kelishuvi 2020/2021-yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Shartnomada Messini sotib olish istagidagi klub “Barselona”ga 700 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashi lozimligi yozib qo‘yilgan. Messining avvalgi shartnomasi 2018-yil yozida yakuniga yetardi.

30 yoshli hujumchi 2004-yildan beri jamoa asosiy tarkibida muntazam ravishda maydonga tushadi. 2004/2005-yilgi mavsumdan 2016/2017-yilgi mavsumga qadar u Ispaniya chempionatida 382 uchrashuvda maydonga tushib, 349 ta gol urgan. Argentina terma jamoasida esa 123 o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urgan.

U “Barselona”dagi faoliyati davomida 8 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 5 marta Ispaniya Kubogi, 7 marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. 4 marta Yevropa Chempionlar Ligasida, 3 marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Argentina terma jamoasi bilan Pekin—2008 Olimpiadasida chempion, JCh—2014 da esa vitse-chempion bo‘lgan.

Messi joriy mavsum La Ligada 12 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi, to‘rtta golga hammualliflik qildi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют