» » Messi “Barselona” bilan shartnomasini 2021-yil yozigacha uzaytirdi. Endi uning narxi 700 mln yevro!

Messi “Barselona” bilan shartnomasini 2021-yil yozigacha uzaytirdi. Endi uning narxi 700 mln yevro!


“Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbolchining “Barselona” bilan yangi kelishuvi 2020/2021-yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Shartnomada Messini sotib olish istagidagi klub “Barselona”ga 700 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashi lozimligi yozib qo‘yilgan.

Messining avvalgi shartnomasi 2018-yil yozida yakuniga yetardi; eski shartnoma bo‘yicha futbolchi uchun xaridor klub tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon puli miqdori 250 million yevroga teng edi.

30 yoshli hujumchi 2004-yildan beri jamoa asosiy tarkibida muntazam ravishda maydonga tushadi. 2004/2005-yilgi mavsumdan 2016/2017-yilgi mavsumga qadar u Ispaniya chempionatida 382 uchrashuvda maydonga tushib, 349 ta gol urgan. Argentina terma jamoasida esa 123 o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urgan.

U “Barselona”dagi faoliyati davomida 8 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 5 marta Ispaniya Kubogi, 7 marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. 4 marta Yevropa Chempionlar Ligasida, 3 marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Argentina terma jamoasi bilan Pekin—2008 Olimpiadasida chempion, JCh—2014 da esa vitse-chempion bo‘lgan.

Messi joriy mavsum La Ligada 12 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi, to‘rtta golga hammualliflik qildi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют