» » Liviya sohillari yaqinidagi kema cho‘kishi oqibatida kamida 25 muhojir halok bo‘ldi

Liviya sohillari yaqinidagi kema cho‘kishi oqibatida kamida 25 muhojir halok bo‘ldi


Liviyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida uncha katta bo‘lmagan kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 25 nafar muhojir halok bo‘ldi. Reuters xabariga ko‘ra, hodisa 25-noyabr, shanba kuni yuz bergan.

Kema halokatidan omon qolganlar Tripoli portiga qaytarib olib kelingan. “TASS” xabariga ko‘ra, omon qolgan muhojirlarning soni hozircha ma’lum qilinmayapti.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi qator mamlakatlarni nizolar qamrab olgach, 2015-yildan ushbu mamlakatlardan Yevropaga O‘rtayer dengizi orqali o‘tishga urinuvchi muhojirlar soni keskin ko‘paydi.

O‘rtayer dengizi muhojirlarning Yevropa Ittifoqi kirib kelishi bo‘yicha asosiy harakat yo‘nalishi hisoblanadi. Bu borada Bolqon yarimoroli ikkinchi o‘rinda turadi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют