» » Sudan prezidenti Umar al-Bashir: AQSh mening mamlakatimni beshga bo‘lib tashlamoqchi

Sudan prezidenti Umar al-Bashir: AQSh mening mamlakatimni beshga bo‘lib tashlamoqchi


AQSh hukumati Sudanni beshta alohida davlatga bo‘lib tashlamoqchi. Bu haqda Sudan prezidenti Umar al-Bashir “RIA Novosti”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Al-Bashirning so‘zlariga ko‘ra, 2011-yili Janubiy Sudanning ajralib chiqishi AQSh tomonidan olib borilgan siyosat oqibatidir. Sudan prezidenti AQShning arab mamlakatlari ichki ishlariga aralashuviga qarshi ekanini bildirdi.

“Bizda shunday ma’lumot bor: agar munosib himoyalanish yo‘lini topmasak, Sudan AQSh tomonidan beshta davlatchaga ajratib tashlanadi”, — dedi Umar al-Bashir. Uning qo‘shimcha qilishicha, Sudan “AQShning katta bosimi va fitnasi” bilan yuzma-yuz kelmoqda.

Umar al-Bashirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh so‘nggi vaqtlarda “arab dunyosini izdan chiqarib yubordi”. Sudan davlat rahbari o‘z gapi tasdig‘i sifatida Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Yamandagi vaziyatni misol keltirdi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют