» » Navoiy viloyatidagi “Do‘rmon” masjidi yangidan quriladi

Navoiy viloyatidagi “Do‘rmon” masjidi yangidan quriladi


Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Do‘rmon” jome’ masjidini qayta qurish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyati vakilligi xabar berdi.

Xabar berishlaricha, 180—200 kishini sig‘dira oladigan namozgohning xonaqohi eskirib qolgani sabab yangi masjid qurilishi boshlangan. Yangi masjid sig‘imi qancha bo‘lishi, ko‘rinishi qanday bo‘lishi haqida axborot berilmagan.

Navoiy viloyati vakilligi ma’lumotlariga ko‘ra, Mustaqillikdan avvalgi yillarda bu masjid binosidan omborxona sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanilgan. Masjid 1998-yili Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingach, bino hashar yo‘li bilan ta’mirlangan.

2012-yili masjidning eski tahoratxonasi o‘rnida yangi tahoratxona qurilib, foydalanishga topshirigan. “Juma va Hayit namozlarida bu masjid namozxon va ziyoratchilar bilan gavjum bo‘ladi”, — deyiladi vakillik ma’lumotnomasida.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют