» » Foto: Uy kattaligidagi kapalaklar. Tabiat go‘zalligi 3D graffitilarda

Foto: Uy kattaligidagi kapalaklar. Tabiat go‘zalligi 3D graffitilarda


Fransiyaning shimoli-sharqidagi Mets shahrida yashovchi 30 yoshli Mantra taxallusli rassom o‘zining asl ismini sir saqlaydi. Mantra tomonidan uylarning devorlariga chizilgan tasvirlarni Buenos-Ayres, Sietl, Vena, Parij, Lima, Kito, Bogotada va boshqa shaharlarda ko‘rish mumkin. National Geographic rassomning ijodidan namunalar taqdim etdi.

Mantra chizish bilan yoshligidan buyon shug‘ullanadi. Skeytbording bilan shug‘ullanish uning uchun graffiti dunyosini ochgan. 2008-yildan buyon rassom beqiyos texnika qo‘llagan holda binolar devorlarida o‘z suratlarini chizmoqda. Ko‘pchilik ko‘cha san’ati ustalaridan farqli ravishda Mantra trafaret va to‘rlardan foydalanmaydi, ammo uning ishlari haqiqiy 3D tasvirlarga aylanadi.

Devorlardagi asarlarning asosiy qahramonlari qushlar, hashoratlar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi. Mantra odamlarning suratini ham chizishi mumkin, biroq bu suratlardan, albatta, floraning qandaydir qismi joy oladi.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют