» » Rossiyaning Contact to‘lov tizimi Uzcard kartalariga pul o‘tkazmalarini jo‘natishni boshladi

Rossiyaning Contact to‘lov tizimi Uzcard kartalariga pul o‘tkazmalarini jo‘natishni boshladi


Rossiyaning Contact to‘lov tizimi mijozlar pul o‘tkazmalarini jo‘natishi mumkin bo‘lgan kartalar ro‘yxatini kengaytirdi, unga Uzcard banklararo to‘lov tizimi kartalari kiritildi, deb yozadi Spot.

Kompaniya to‘lov tizimini rivojlantirish direktori Sergey Nesterovning aytishicha, Uzcard kartasiga pul o‘tkazmasini Rossiya va yaqin xorij mamlakatlari hududida Contact tizimining har qanday punktida, kartaning yuza qismidagi raqamini ko‘rsatish orqali yuborish mumkin, bunda hisob rekvizitlari, karta egasining ism-sharifi va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar kerak bo‘lmaydi.

O‘tkazmalar AQSh dollarida amalga oshiriladi va O‘zbekiston hududidagi banklardan olinadi. Uzcard kartasiga pul o‘tkazmasini o‘tkazish muddati emitent bankdan kelib chiqib, 1 daqiqadan bir necha daqiqagacha bo‘lgan vaqtga tengdir.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют