» » La Liga. “Real” va “Atletiko” o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi. Bugun “Barselona” “Valensiya”ga qarshi maydonga tushadi

La Liga. “Real” va “Atletiko” o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi. Bugun “Barselona” “Valensiya”ga qarshi maydonga tushadi


Ispaniyada 24-noyabr kuni 13-tur bellashuvlariga start berilgan edi. Turning dastlabki bellashuvida “Selta” o‘z maydonida “Leganes”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edik.

Kecha 25-noyabr, shanba oqshomida Ispaniya La ligasining 12-turidan keyin turnir peshqadami “Barselona”dan 10 ochkoga ortda qolayotgan “Real” va “Atletiko” jamoalari maydonga tushdi. “Real Madrid” o‘z maydonida “Malaga”ni qabul qilib 3:2 hisobida qiyin, ammo o‘ta muhim g‘alabani tantana qildi.

“Atletiko” esa “Levante” maydoniga safar qildi va ortga 5 ta to‘p farqi bilan qozonilgan yirik g‘alaba bilan qaytdi. Mehmonlar tarkibida Kevin Gameyro va Antuan Grizmann 2 tadan gol urib, dubl muallifiga aylandi.

Turning markaziy uchrashuvi bugun yakshanba oqshomida “Valensiya” hamda turnir karvonboshisi “Barselona” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin UzReport tomonidan translyatsiya qilinadi.

Ispaniya La Ligasi

13-tur bellashuvlari

24-noyabr, juma

Gol: Yago Aspas, 27 (1:0).

25-noyabr, shanba

Gollar: Xordan, 33 (0:1). Sharles, 69 (0:2). Burgui, 90+1 (1:2).

Gollar: Karim Benzema, 9 (1:0). Rolan, 18 (1:1). Kazemiro, 21 (2:1). Chori Kastro, 58 (2:2). Krishtianu Ronaldu, 76 (3:2). 

Gollar: Portu, 45+1 (0:1). Guardado, 85 (1:1). Portu, 94 (1:2). Telyo, 95 (2:2).

Gollar: Rober Pyer, 5 - avtogol (0:1). Kevin Gameyro, 29 (0:2). Kevin Gameyro, 59 (0:3). Antuan Grizmann, 65 (0:4). Antuan Grizmann, 68 (0:5).

26-noyabr, yakshanba

“Deportivo” — “Atletik” — 16:00

“Real Sosyedad” — “Las Palmas” — 20:15

“Vilyarreal” — “Sevilya” — 22:30 Futbol-TV

“Valensiya” — “Barselona” — 00:45 UzReport

27-noyabr, dushanba

“Espanyol” — “Xetafe” — 01:00

Опубликовано: admin (26-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют