» » “Bosh rolda rus aktrisasi Vasilika Sidorova”.  Suhrob Hasanovning “Sevgimiz uchun” filmi katta ekranlarga chiqdi

“Bosh rolda rus aktrisasi Vasilika Sidorova”.  Suhrob Hasanovning “Sevgimiz uchun” filmi katta ekranlarga chiqdi


Alisher Navoiy nomli kino saroyida aktyor va rejissor Suhrob Hasanovning “Sevgimiz uchun” deb nomlangan filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu film, bosh rol ijrochisi Vasilika Sidorova, nega aynan ilk bor filmda suratga tushayotgan aktrisani bosh rolga tanlagani haqida aktyor Suhrob Hasanov jurnalist Feruz Muhammadga batafsil ma’lumot berdi.

“Sevgimiz uchun” filmining suratga olish ishlari may oyida bo‘lib o‘tgan edi. Tayyorgarlik ishlari yaxshi bo‘lgani bois bir oy ichida suratga olish ishlari yakunlandi. Filmda ilk bor Rus akademik va drama teatri aktrisasi Vasilika Sidorova bosh rolni ijro qildi. “Sevgimiz uchun” filmidagi bosh rol uchun 50-60 ga yaqin qizlar orasidan Vasilika Sidorovani kasting asosida tanlab olganmiz. Bu rolga rus qizi kerak bo‘lgani uchun teatr aktrisasi Gulnora Jumanazarovani sochini sariqqa bo‘yab o‘ynatishni ham o‘ylagan edik, ammo kino sinovlarga uning vaqti bo‘lmagani uchun hamda barchasi tabiiy bo‘lgani ma’qul deya Vasilika Sidorova nomzodida to‘xtaganmiz. Tabiiylikni saqlab qolish uchun hattoki dublyajda ham Vasilika Sidorovaning o‘zi ovoz berdi. Vasilika Sidorova umuman o‘zbek tilini bilmagani bois suratga olish ishlarida biroz qiyinchiliklar bo‘ldi, chunki men ham rus tilini u darajada bilmas edim. Oxir-oqibat Vasilika Sidorova o‘zbek tilini birmuncha o‘rganib oldi, hattoki Qur’oni Karimdan oyatlar ham yodladi. Filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Botir Muhammadjonov, Saida Rametova, aktyorlar Umid Shodmonov, Otabek Haqberdiyev, aktrisa Zilola G‘ulomova singari san’atkorlar bosh rollarni ijro etdi. Film qahramonlari o‘z sevgilari uchun katta qurbonliklar qilishga majbur bo‘ladi. Shu sababdan biz ham tomoshabinga bular shunchalik qurbonlik qilayotganida, “Sen sevging uchun nima qilding?”, deya savol bilan murojaat qilganmiz.

Suhrob Hasanov, aktyor va rejissor  

Eslatib o‘tamiz, “Sevgimiz uchun” filmini 23-noyabrdan O‘zbekistonning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют