» » Jizzax favqulodda xizmatlari YTHda jabrlangan fuqaroga yordam ko‘rsatdi

Jizzax favqulodda xizmatlari YTHda jabrlangan fuqaroga yordam ko‘rsatdi


Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga 19-noyabr kuni soat 12:35 larda M-39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deb yozadi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy sayti.

Boshqarma qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borganda Toshkent — Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, yuk avtomobili haydovchisi mashina salonida siqilib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Qutqaruvchilarning aniq va tezkor harakatlari natijasida yuk avtomashinasi salonida qisilib qolgan haydovchi maxsus qutqaruv vositalari yordamida avtomashina salonidan chiqarib olindi va tuman markaziy klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют