» » Navoiy viloyatida bir erkak “Xalq banki”ni tunashga urindi (video)

Navoiy viloyatida bir erkak “Xalq banki”ni tunashga urindi (video)


Navoiy viloyatida “Xalq banki”ni tunashga uringan erkak IIB qo‘riqlov boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi. Voqea videosyujeti “Yoshlar” telekanalining “Davr” dasturida namoyish etildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

10-noyabr kuni taxminan 5:45 da Navoiy viloyati Uchquduq tumani qo‘riqlov boshqarmasi navbatchi bo‘limiga “Xalq banki” Zarafshon filialiga noma’lum shaxslar kirganligi haqidagi signal kelib tushdi.

Voqea joyiga yetib kelgan tezkor xodimlar kirish eshigi buzib ochilganligini aniqladi. Ichkariga kirgan huquq-tartibot xodimlari moliya muassasasini tunash niyatida bo‘lgan yigitni qo‘lga oldi. Qo‘lga olish chog‘ida yigit huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga qarshilik ko‘rsatishga urindi.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishi yuritilmoqda.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют