» » Argentina kemasi Atlantikada g‘oyib bo‘lishidan avval uni ikki dengizchi tark etgani ma’lum bo‘ldi

Argentina kemasi Atlantikada g‘oyib bo‘lishidan avval uni ikki dengizchi tark etgani ma’lum bo‘ldi


“San-Xuan” ekipajining ikki a’zosi suv osti kemasini Atlantika okeani janubiy qismida g‘oyib bo‘lishidan bir necha kun avval tark etgan. Bu haqda Argentina harbiy-dengiz kuchlari vakili Enrike Balbi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Mar-del-Platada bortga 45 kishi chiqqandi. Biroq Ushuayega kelganida bir kishi onasi betob bo‘lgani uchun kemani tark etdi va uyiga yo‘l oldi. Shuningdek, bir leytenantga ruxsat berildi va uning o‘rnini boshqa harbiy xizmatchi egallagandi”, — dedi Balbi.

Submarina ekipaji tarkibidagi o‘zgarishlar oxirgi vaqtlarda amalga oshirilgani sababli dastlabki kunlarda ro‘yxatda anglashilmovchiliklar ro‘y berdi va bu kema bortida odamlar soni ma’lum qilinganidan ko‘proq bo‘lgani haqidagi taxminlarni keltirib chiqardi.

Argentina harbiy-dengiz kuchlariga ko‘ra, uzoq muddatli safarlar davomida “San-Xuan” bortida 50 kishigacha bo‘lishi mumkin.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют