» » “Oskar” mukofoti laureati Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi

“Oskar” mukofoti laureati Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi


Amerikalik aktyor Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li, rejissor Ron Xovard ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Rens Xovard aktyorlik faoliyatini o‘tgan asrning 40-yillari oxirida boshladi. U jami 270 dan ortiq kartinada, asosan ikkinchi darajali va epizod rollarda suratga tushdi.

Ular orasida “Appolon 13”, “Aql o‘yinlari”, “Farishtalar va iblislar”, “Da Vinchi kodi”, “Tez yordam” kabi tilga tushgan film va seriallar bor.

Rens Xovard ikki bor “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Uning ikkinchi o‘g‘li Klint Xovard ham aktyorlikni tanlagan.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 16:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют