» » O‘zbekiston Eron neft-kimyo majmuasiga investitsiya kiritishga tayyor

O‘zbekiston Eron neft-kimyo majmuasiga investitsiya kiritishga tayyor


Eron milliy neft-kimyo kompaniyasi rahbari Sayid Rizo Navro‘zzoda O‘zbekiston Fors ko‘rfazi atrofidagi Eron neft-kimyo korxonalarida o‘z ulushiga ega bo‘lish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.

“O‘zbekiston tabiiy gaz resurslariga boy, ammo mamlakat neft-kimyo sohalariga investitsiya kiritishi uchun ochiq”, — uning so‘zlarini keltiradi Shana agentligi.

Eron neft vaziri Bejan Nomdor Zangonaning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov bilan uchrashuvdan so‘ng investitsiyalar masalasi ko‘tarildi.

“NPC va O‘zbekiston hukumati vakillari Eron neft-kimyosiga investitsiya kiritish imkoniyatlarini baholamoqchi”, — ma’lum qildi Navro‘zzoda.

O‘zbekiston metanol-olefin bilan bog‘liq loyihalarga qiziqish bildirmoqda.

Eron 2016-yil yanvarida xalqaro sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng energiya bozorini chet el investitsiyalari uchun ochgan edi.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют