» » Islom koalitsiyasi terrorga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi

Islom koalitsiyasi terrorga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi


Islom harbiy aksilterror tashkiloti terrorning har qanday ko‘rinishlariga birgalikda javob berishga tayyor. Bu haqda Pokiston qurolli kuchlarining iste’fodagi generali, islom koalitsiyasi kuchlari bosh qo‘mondoni Rohil Sharif tashkilotga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Saudiya Arabistoni qiroli koalitsiya tashkil etish bilan bog‘liq tarixiy qaror qabul qildi. Terrorga qarshi kurash murakkablashib bormoqda va ko‘p vaqt talab qilmoqda”, — dedi u.

“Endi bizda islom qadriyatlariga asoslangan qo‘shma javobimiz bor”, — ta’kidladi Rohil Sharif.

Uning so‘zlariga qaraganda, koalitsiya doirasida mamlakatlar aksilterror faoliyatining barcha yo‘nalishlarida hamkorlik qilish uchun umumiy makonga ega bo‘ladi.

Koalitsiya tuzilishi haqida rasman 2015-yil dekabrida e’lon qilingan edi. Shundan buyon tashkilot bir necha uchrashuvlar tashkil qildi, lekin amaliy faoliyatga kirishmadi.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют