» » Bali orolidagi xalqaro aeroport Agung vulqoni otilishi sababli yopildi

Bali orolidagi xalqaro aeroport Agung vulqoni otilishi sababli yopildi


Indoneziya rasmiylari Agung vulqoni otilishi sababli hosil bo‘lgan kul buluti tufayli Bali orolidagi xalqaro aeroportni yopdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Aeroport 18 soat davomida ishlamasligi bildirilmoqda. Oldinroq vulqonning hafta mobaynidagi ikkinchi otilishidan so‘ng Lombok oroli aeroporti yopilgandi.

Agungning birinchi otilishi 21-noyabrda ro‘y berdi va vulqon tutuni uning tubidan 700 metr balandlikka ko‘tarildi. 26-noyabr, yakshanba kuni esa vulqonning ikkinchi otilishi boshlandi, bu gal tutun 4 ming metr balandlikka chiqdi. Shu bois havo transporti uchun xavfning eng yuqori — qizil darajasi e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Agung vulqoni faolligi sentabr oyida boshlandi. Bali orolida favqulodda holat e’lon joriy etilib, 144 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют